Londonning "Arsenal" klubi "Yuventus"ning turkiyalik vingeri Kenan Yildiz uchun yirik taklif tayyorlamoqda.
Italiyaning Corriere dello Sport nashri ma’lumotiga ko‘ra, agar "Yuventus" yana Chempionlar ligasiga yo‘llanma ololmasa, Yildizning klubni tark etish ehtimoli sezilarli darajada oshadi. Turinliklar futbolchini 100 million yevroga baholamoqda.
"Yuventus" Yildiz bilan xayrlashishni istamayapti, ammo uning sotilishi klubga o‘rniga ikki nafar hujumchi xarid qilish imkonini berishi mumkin.
Tuttomercatoweb xabariga ko‘ra, "Arsenal" Yildiz transferi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga tayyor va "Yuventus" talab qilayotgan 100 million yevroni taklif qilmoqchi.
Biroq futbolchini o‘z safida ko‘rishni Madridning "Real" klubi ham istamoqda. Endi ispan grandi Yildiz uchun kurashda "Arsenal" bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.
Joriy mavsumda 21 yoshli Yildiz Italiya chempionatida atigi bitta uchrashuvda maydonga tushdi va samarali harakat bilan ajralib turmadi.













