Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

"Bavariya" "Manchester Yunayted"ning 16 yoshli iqtidori bilan muzokara o‘tkazdi

"Bavariya" "Manchester Yunayted"ning 16 yoshli iqtidori bilan muzokara o‘tkazdi

Baho:
+ | -

"Bavariya" "Manchester Yunayted" futbolchisi Jey-Jey Gabrielga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Sky Sport ma’lumotiga ko‘ra, Germaniya klubi vakillari 16 yoshli futbolchining atrofidagi shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazib bo‘lgan va yana bir muzokara o‘tkazishga kelishib olgan.

Gabriel Yevropada o‘z avlodining eng istiqbolli iqtidorlaridan biri hisoblanadi va "Manchester Yunayted"ni tark etishni rejalashtirmoqda. Angliya klubi esa uni jamoada qolishga ko‘ndirishga harakat qilyapti.

Gabriel hali professional shartnoma imzolamagani sababli, uning boshqa klubga o‘tishi uchun faqat futbolchini tayyorlaganlik bo‘yicha kompensasiya to‘lanishi mumkin.

Avvalroq futbolchining vakillari "Manchester Yunayted"dan Gabrielga asosiy jamoaning yaqin uchrashuvlarida o‘yin amaliyoti berishni talab qilgani ma’lum bo‘lgan edi.

Kiritildi: 22:02, 06.10.2026.
O'qildi: 212 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик