Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

"Arsenal" va "Chelsi" Turkiya — Italiya o‘yinida Gyulerni kuzatdi

"Arsenal" va "Chelsi" Turkiya — Italiya o‘yinida Gyulerni kuzatdi

Baho:
+ | -

Londonning "Arsenal" va "Chelsi" klublari Madridning "Real" yarim himoyachisi Arda Gyulerni Turkiya va Italiya terma jamoalari o‘rtasidagi Millatlar ligasi guruh bosqichi uchrashuvida kuzatdi.

Angliya klublari futbolchining "Real" safida o‘yin amaliyoti bilan bog‘liq muammolari fonida unga qiziqish bildira boshlagan. "Arsenal" hatto 2026 yil boshida turkiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilgan, ammo transfer amalga oshmagan.

Joriy Ispaniya chempionati mavsumida Gyuler "Real" safida 7 ta uchrashuvda maydonga tushdi. 21 yoshli futbolchi 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ardaning Ispaniya grandi bilan shartnomasi 2029 yil iyun oyiga qadar amal qiladi. Uning bozor qiymati 100 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 22:06, 06.10.2026.
O'qildi: 182 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик