Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Konte: "Tottenxem"ni hali ham masxara qilishadi"

Konte: "Tottenxem"ni hali ham masxara qilishadi"

Baho:
+ | -

"Tottenxem Xotspur"ning sobiq bosh murabbiyi Antonio Konte klubning mag‘lubiyatlarga bo‘lgan munosabati haqida fikr bildirdi. Italiyalik mutaxassis jamoani 2021 yildan 2023 yilgacha boshqargan.

"Men "Tottenxem"ga vaziyatni biroz bo‘lsa-da yaxshi tomonga o‘zgartirish maqsadida kelgan edim. Bunga qisman Fabio Paratichi ham sabab bo‘lgan, chunki u o‘sha paytda klubda ishlayotgandi. Men kelganimda jamoa to‘qqizinchi o‘rinda edi. Biz esa mavsumni to‘rtinchi o‘rinda yakunlab, "Arsenal"ni ortda qoldirdik.

Esimda, biz bir o‘yinda mag‘lub bo‘ldik yoki durang qayd etdik va men Deniyel Leviga xabar yozdim. U esa: "Xavotir olma, keyingi safar g‘alaba qilamiz", deb javob berdi. U bu gaplarni meni qo‘llab-quvvatlash uchun aytgandi. Men esa unga: "Bu nima deganingiz? O‘zingiz qarang!" deb takrorlardim.

Futbolchilar doimo eng oson yo‘lni tanlaydi. O‘zlarini qulay his qiladigan va kamroq kuch talab qiladigan yo‘lni. Meni eng ko‘p asabiylashtirgan narsa atrofdagilarning: "Tottenxem" hech qachon hech narsa yutmaydi, ular luzerlar", degan gaplari edi.

Ularni masxara qilishardi. Hali ham masxara qilishadi. Masalan, "Arsenal" terma jamoalar tanaffusidan oldingi so‘nggi o‘yinda "Brayton"ga 0:3 hisobida yutqazdi va odamlar: "Arsenal" "Tottenxem"ga aylanib qolibdi", deb hazil qilishdi. Tushunyapsizmi? Ishoning, bu meni juda qattiq asabiylashtirardi", — deya Kontening so‘zlarini The Athletic keltirdi.

Kiritildi: 22:09, 06.10.2026.
O'qildi: 257 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик