Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Balde uchun "Milan", "Yuventus" va "Manchester Yunayted" kurashishi mumkin

Balde uchun "Milan", "Yuventus" va "Manchester Yunayted" kurashishi mumkin

Baho:
+ | -

"Milan" Pervis Estupinyan va Aleksis Salemakersning jarohatlari fonida "Barselona" himoyachisi Aleks Baldega bo‘lgan qiziqishini qayta tiklashi mumkin. Bu haqda Calciomercato xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, transfer yanvar oyida amalga oshishi mumkin. Ayniqsa, kataloniyaliklar futbolchining narxi va kelishuv shakli bo‘yicha qulayroq shartlarni taklif qilsa, bitim ehtimoli oshadi. Baldening "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyunga qadar mo‘ljallangan.

Shuningdek, Estupinyan va Salemakersning shartnomalari bilan bog‘liq vaziyat ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ekvadorlik futbolchining ehtimoliy ketishi ham transferga ta’sir qilishi mumkin. Manbaga ko‘ra, yozda uning transferiga Ruben Amorim to‘sqinlik qilgan.

Avvalroq Balde o‘yin amaliyoti yetishmayotgani sababli qishki transfer oynasida "Barselona"ni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

"Yuventus" va "Manchester Yunayted" ham vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda. Har ikki klub yozda futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqqan.

Kiritildi: 22:37, 06.10.2026.
O'qildi: 520 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик