Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Millatlar ligasi. Xorvatiya — Ispaniya. Tarkiblar ma’lum

Millatlar ligasi. Xorvatiya — Ispaniya. Tarkiblar ma’lum

Baho:
+ | -

Bugun, 6 oktyabr kuni UYEFA Millatlar ligasi "A" ligasi guruh bosqichi 4-turidan o‘rin olgan Xorvatiya va Ispaniya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Bahs Xorvatiyaning Split shahridagi "Polyud" stadionida o‘tkaziladi. Uchrashuvni belgiyalik hakam Erik Lambrexts boshqarib boradi. Bosh hakamning start hushtagi Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da chalinadi.

Jamoalarning asosiy tarkiblari:

Xorvatiya: Livakovich, Stanishich, Gvardiol, Vushkovich, Shutalo, Kovachich, Modrich, Vlashich, Perishich, Yakich, Matanovich.

Ispaniya: Unay Simon, Kubarsi, Laport, Kukurelya, Pubil, Rodri, Pedri, Aleks Baena, Olmo, Yamal, Oyarsabal.

Guruh bosqichining navbatdagi turida Xorvatiya 12 noyabr kuni Angliyaga qarshi maydonga tushadi. Ispaniya esa xuddi shu kuni Chexiya bilan bahs olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, Millatlar ligasining amaldagi g‘olibi Portugaliya terma jamoasi hisoblanadi. O‘tgan mavsum finalida portugaliyaliklar Ispaniyani asosiy va qo‘shimcha vaqtdagi 2:2 hisobidan so‘ng penaltilar seriyasida 5:3 hisobida mag‘lub etgan.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:47, 06.10.2026.
O'qildi: 553 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик