Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Keyn Angliya terma jamoasida Piter Shilton rekordini takrorlaydi

Keyn Angliya terma jamoasida Piter Shilton rekordini takrorlaydi

Baho:
+ | -

Hujumchi Xarri Keyn UYEFA Millatlar ligasi 4-turida Chexiyaga qarshi uchrashuvda maydonga tushib, Angliya milliy terma jamoasi safidagi 125-o‘yinini o‘tkazadi. Shu tariqa u terma jamoadagi o‘yinlar soni bo‘yicha sobiq darvozabon Piter Shiltonga yetib oladi.

Keyn Angliya milliy terma jamoasida 2015 yil mart oyida debyut qilgan. Chexiyaga qarshi bahs uning so‘nggi 13 kun ichida terma jamoa safidagi to‘rtinchi uchrashuvi bo‘ladi.

Keyn Angliya terma jamoasi safida 89 ta gol urgan va bu milliy rekord hisoblanadi. U shulardan 4 tasini joriy xalqaro tanaffus davomida kiritgan.

Piter Shilton Angliya terma jamoasi sharafini 1970 yildan 1990 yilgacha himoya qilgan.

Keyn 12 noyabr kuni Xorvatiyaga qarshi uy uchrashuvida maydonga tushsa, Shiltonning rekordini yangilashi mumkin.

Kiritildi: 23:01, 06.10.2026.
O'qildi: 373 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик