"Bavariya" yarim himoyachisi Aleksandar Pavlovich faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin edi. Bu haqda Bild nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, germaniyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga "Manchester Siti" jiddiy qiziqish bildirgan. "Shaharliklar" Enso Fernandes bilan shartnoma imzolanishidan ancha oldin, mart oyidan boshlab Pavlovich transferini amalga oshirishga harakat qilgan.
"Bavariya"ga "Manchester Siti" Pavlovich uchun 100 million yevro to‘lashga tayyor ekani ma’lum qilingan.
Yarim himoyachi "Siti"ning qiziqishidan mamnun bo‘lgan va taklifni jiddiy o‘ylab ko‘rgan. Biroq yakunda Pavlovich "Bavariya"da qolishga qaror qilgan.













