Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

"Liverpul" van Deykka yangi shartnoma taklif qilishi mumkin

"Liverpul" van Deykka yangi shartnoma taklif qilishi mumkin

Baho:
+ | -

Angliyaning "Liverpul" klubi himoyachi Virjil van Deykka yangi shartnoma taklif qilishi mumkin. Buning uchun niderlandiyalik futbolchi joriy mavsum davomida hozirgi o‘yin darajasini saqlab qolishi kerak. Bu haqda Football Insider xabar berdi.

Van Deykning "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Insayderlar ma’lumotiga ko‘ra, klub 35 yoshli sardorning kelajagi bo‘yicha yakuniy qarorni mavsumning keyingi bosqichiga qoldirgan.

Avvalroq van Deyk shartnomasi yakunlanganidan so‘ng kelasi yozda "Liverpul"ni erkin agent sifatida tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Himoyachiga qiziqish bildirgan klublar qatorida Madridning "Real" klubi ham tilga olingan.

Niderlandiyalik futbolchi 2018 yildan buyon "Liverpul" sharafini himoya qilib kelmoqda.

Kiritildi: 23:19, 06.10.2026.
O'qildi: 459 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик