"Chelsi" yarim himoyachisi Moyses Kaysedo amaldagi haydovchilik guvohnomasi va sug‘urtasisiz avtomobil boshqargani uchun jazoga tortildi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.
Kaysedo sudga keldi va unga taxminan 1700 yevro miqdorida jarima solindi. Hodisa 2025 yil aprel oyida London klubining mashg‘ulot bazasi yaqinida sodir bo‘lgan. Futbolchi Audi RSQ8 avtomobilini boshqarib ketayotganida to‘xtatilgan.
Endi Kaysedoning hisobida 8 ta jarima balli bor. Agar u uch yil ichida 12 ball to‘plasa, avtomatik ravishda 6 oygacha transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinishi mumkin.
Hodisadan so‘ng avtomobil olib qo‘yilgan. "Chelsi" esa bu voqeani futbolchining "shaxsiy masalasi" deb atadi.













