Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

Ronaldinyo Messiga ta’sirli murojaat yo‘lladi: «Sen tarixga kirding»

Ronaldinyo Messiga ta’sirli murojaat yo‘lladi: «Sen tarixga kirding»

Baho:
+ | -

Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Ronaldinyo 7 oktyabrga o‘tar kechasi Argentina milliy jamoasi safida xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazadigan Lionel Messiga murojaat qildi.

«Birodar, birinchi kundanoq sening tarixingning bir qismi bo‘lish men uchun qanday katta baxt va quvonch! Sen bizni qanchalik ko‘p kuldirding va futboldan zavq olishimizga sabab bo‘lding!!!

Sening noming o‘z yurting va butun dunyo tarixiga muhrlandi... Bolalikdagi orzumizni amalga oshirib, butun millatimiz sharafini himoya qilish va jahon chempioni bo‘lish qanday his ekanini faqat o‘zimiz bilamiz!!!

Sen terma jamoang va mamlakating uchun boringni berding... Men seni juda yaxshi tushunaman va oila bilan bog‘liq har qanday narsa insonni ko‘p narsalarga boshqacha nazar tashlashga majbur qilishini bilaman...

Hayotdan zavqlan, birodar. Bugun ham, har doim ham senga faqat eng yaxshi tilaklarni tilayman», — deb yozdi 46 yoshli Ronaldinyo ijtimoiy tarmoqda.

Messi avvalroq Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashini e’lon qilgan edi. 39 yoshli futbolchi milliy jamoa bilan birga 2022 yilgi jahon chempionatida oltin, 2026 yilgi musobaqada esa kumush medalni qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 04:58, 07.10.2026.
O'qildi: 653 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик