«Inter»ning sobiq futbolchisi, hozirda esa klub vise-prezidenti Xavyer Dzanetti Lionel Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganidan keyin milliy jamoa yetakchiligini aynan Lautaro Martines o‘z zimmasiga olishiga ishonch bildirdi.
«Lautaro allaqachon bu terma jamoaning yetakchisi. U ko‘plab jamoadoshlari uchun muhim futbolchi va bu faqat «Inter»ga taalluqli emas.
U Argentina terma jamoasi libosida futbol tarixini yaratishda davom etadi. U bunga munosib», — deya Dzanettining so‘zlarini derbyderbyderby.it keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Lautaro Martines 2018 yildan buyon «Inter» sharafini himoya qilib kelmoqda. Xavyer Dzanetti esa futbolchilik faoliyatini 2014 yilda yakunlagan.













