Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel Millatlar ligasida Chexiya ustidan 3:0 hisobida qozonilgan g‘alabada dubl qayd etgan Xarri Keyn haqida fikr bildirdi.
«Bavariya» hujumchisi Angliya terma jamoasi safidagi 125-uchrashuvini o‘tkazdi va bu borada Piter Shiltonga tegishli rekordni takrorladi.
«Keyn har doim bor kuchini beradi. Shilton rekordini takrorlash — alohida yutuq. Xarri endi hech kimga hech narsa isbotlashi shart emas, ammo u buni qayta-qayta amalga oshirishda davom etmoqda.
U maydonga tushishni juda xohladi va yig‘in doirasidagi to‘rtala uchrashuvda ham asosiy tarkibda o‘ynadi. Juda yaxshi harakat qildi. U ajoyib sardor. Umid qilamanki, noyabr oyidagi har ikki o‘yinda ham asosiy tarkibda maydonga tushadi.
Keyn Angliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi futbolchimi? Eng yaxshisi ekanini bilmayman, ammo u, shubhasiz, Angliya futboli afsonasi. Umid qilamanki, u hali uzoq yillar yuqori formada bo‘ladi. U boshqalar uchun ajoyib namuna», — deya Tuxelning so‘zlarini BBC keltirdi.
Xarri Keyn Angliya terma jamoasi safida jami 91 ta gol urgan.













