Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Messi xayrlashuv uchrashuvida Otamendi va Pasga assistentlik qildi

Messi xayrlashuv uchrashuvida Otamendi va Pasga assistentlik qildi

Baho:
+ | -

«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi Argentina terma jamoasi safidagi xayrlashuv uchrashuvini — Benin terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi.

39 yoshli futbolchi «River Pleyt» himoyachisi Nikolas Otamendiga assistentlik qildi va shu orqali lotin amerikaliklar hisobni ochishdi. 48-daqiqada Messi burchak to‘pini uzatdi. 38 yoshli Otamendi sakrab, to‘pga oyoqda zarba berdi va uni to‘sin ostiga aniq yo‘lladi.

61-daqiqada Messi maydonning o‘ng qanotida turib, ko‘ndalang pas berdi. Natijada Niko Pas Benin terma jamoasi jarima maydoni chegarasi yaqinida to‘pni qabul qilib oldi. «Komo»ning 22 yoshli yarim himoyachisi aylantirma zarba bilan to‘pni uzoq ustun yoniga yo‘llab, darvozani ishg‘ol qildi.

Kiritildi: 06:52, 07.10.2026.
O'qildi: 332 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик