Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingem Chexiyaga qarshi Millatlar ligasi uchrashuvidagi g‘alabadan so‘ng (3:0) o‘z o‘yini haqida fikr bildirdi.
Madridning «Real» klubi futbolchisi angliyaliklar tarkibida asosiy tarkibda maydonga tushdi va 73-daqiqaga qadar o‘ynadi, ammo bu safar natijaviy harakatlarni amalga oshira olmadi.
«Biz o‘z vazifamizni bajardik. Raqiblarimiz uchun «Uembli»da o‘ynash oson emasligini bilaman. Albatta, 7:0 hisobidagi g‘alabadan keyin ko‘proq narsa xohlagandik, ammo vazifamizni uddaladik.
O‘z o‘yinim haqida? Men o‘zimdan mamnunman. O‘tgan mavsumda qiyinchiliklarga duch keldim va o‘zim haqimda ko‘p narsalarni angladim. Har kuni yaxshiroq bo‘lishga harakat qilyapman», — dedi Bellingem ITV telekanaliga bergan intervyusida.
Angliya terma jamoasi 9 ochko bilan guruh jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Ular peshqadam Ispaniyadan 3 ochko ortda.













