Benin terma jamoasi Argentinaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi boshlanishidan oldin Lionel Messiga sovg‘alar taqdim etdi. Eslatib o‘tamiz, ushbu uchrashuv Messining terma jamoa safidagi faoliyatidagi so‘nggi o‘yin bo‘ldi.
Benin terma jamoasi kapitani Sessi D'Almeyda an’anaviy vimpel bilan birga Messiga milliy haykalcha, atirgul shoxi, terma jamoa svitshoti va mehmonlar delegasiyasining tabrik maktubini topshirdi.
Buenos-Ayresdagi «Monumental» stadionida o‘tkazilgan uchrashuv Argentina terma jamoasining 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Argentinaliklar safida Nikolas Otamendi, Nikolas Pas va Messi gol urdi. Bundan tashqari, Messi ikki golli uzatma amalga oshirdi.
Shu tariqa, Messining Argentina terma jamoasi safidagi statistikasi 208 ta o‘yinda 126 ta gol va 70 ta golli uzatmani tashkil qildi.













