Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Ferdinand: «Keyn «Oltin to‘p»ni olishi kerak»

Ferdinand: «Keyn «Oltin to‘p»ni olishi kerak»

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» va Angliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Rio Ferdinand «Oltin to‘p» sovrini Angliya terma jamoasi kapitani va «Bavariya» hujumchisi Xarri Keynga berilishi kerak, deb hisoblaydi.

Hujumchi Millatlar ligasi guruh bosqichining 4-turida Chexiyaga qarshi o‘yinda dubl qayd etdi (3:0). Umuman, Xarri Keyn joriy mavsumda terma jamoa va «Bavariya» safida o‘tkazgan 11 ta o‘yinda 12 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.

«Xarri Keynning statistikasi — shunchaki aql bovar qilmas darajada... U «Oltin to‘p»ni olishi kerak», — deb yozdi Ferdinand o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Yilning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan sovrinni topshirish marosimi 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 07:22, 07.10.2026.
O'qildi: 247 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик