«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi Argentina terma jamoasi tarkibidagi xayrlashuv o‘yinini o‘tkazdi. U Benin terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. O‘yin Buenos-Ayresdagi «Monumental Antonio Vespuchchi Liberti» stadionida bo‘lib o‘tdi.
Argentina Beninni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Gollarga Nikolas Otamendi (48-daqiqa), Pas (61-daqiqa) va Messi (71-daqiqa) mualliflik qildi.
39 yoshli Messi 71-daqiqada penaltini aniq amalga oshirdi. Shu tariqa, u faoliyati davomida 46 ta milliy terma jamoa darvozasini ishg‘ol qildi.
Messi eng ko‘p Yevropa terma jamoalariga qarshi gol urgan — 14 ta jamoa. Shuningdek, u KONKAKAFdan 10 ta, KOMNEBOLdan 9 ta, Afrikadan 7 ta va Osiyodan 6 ta terma jamoaga gol urgan.
Messi Argentina terma jamoasidagi debyutini 2005 yil avgust oyida Vengriyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida o‘tkazgan. Uning argentinaliklar safidagi hisobi 208 ta o‘yinda 126 ta gol va 70 ta golli uzatmani tashkil etadi.













