Brunu Fernandesh kelasi yozda «Manchester Yunayted»ni tark etishi mumkin. Bu haqda Britaniya ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.
Portugaliyalik futbolchining «MYU» bilan shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha amal qiladi. Biroq tomonlar yangi shartnoma borasida hali muzokara boshlamagan. «Qizil iblislar» portugaliyalik futbolchiga o‘rinbosar sifatida «Komo» yarim himoyachisi Niko Pas nomzodini ko‘rib chiqmoqda.
«Manchester Yunayted» argentinalik futbolchini qishki transfer oynasidayoq o‘z safiga qo‘shib olish uchun taklif berishi mumkin. Biroq yarim himoyachini xarid qilish uchun «MYU» katta miqdorda mablag‘ sarflashiga to‘g‘ri keladi.













