Hozirda "Byornli" safida to‘p surayotgan "Manchester Siti"ning sobiq himoyachisi Kayl Uoker manchesterliklar bilan bog‘liq ish yuzasidan fikr bildirdi. Klub moliyaviy qoidalarni buzgani uchun jiddiy jazoga tortilishi mumkin.
"Bizga barcha sovrinlarni munosib va halol tarzda qo‘lga kiritgan jamoa sifatida munosabatda bo‘lishlarini xohlayman. Bu oson bo‘lmagan, biz buning uchun juda katta mehnat qildik.
Men faqat futbolchilar haqida gapirmayapman, muxlislarni ham nazarda tutyapman. Ular ham bu g‘alabalarga munosib edi", — deya Uokerning so‘zlarini Talksport keltirdi.
Avvalroq Angliya Premyer-ligasi komissiyasi "Manchester Siti"ni liganing moliyaviy qoidalarini buzishda aybdor deb topgani ma’lum bo‘lgan edi. Hozircha klubga qanday jazo berilishi e’lon qilinmagan.













