Xorvatiya terma jamoasi Millatlar ligasi guruh bosqichida o‘z maydonida Ispaniyaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvdan so‘ng xorvatiyaliklar yarim himoyachisi Mateo Kovachich o‘yin haqida fikr bildirdi.
"Biz uchrashuvni juda yaxshi boshladik, gol urdik va yana raqib darvozasini ishg‘ol qilish uchun imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Ammo vaziyatlaringdan foydalanmasang, raqib seni jazolaydi. Ikkinchi bo‘limda aynan shunday bo‘ldi.
Bu o‘yinda Angliyaga qarshi bahsdagidan ancha yaxshi harakat qildik. Biz aynan shunday o‘ynashimiz kerak. Albatta, mag‘lubiyatdan keyin xursand bo‘lib bo‘lmaydi, ammo bu oldinga tashlangan qadam", — deya Kovachichning so‘zlarini UEFA matbuot xizmati keltirdi.
To‘rt turdan so‘ng Xorvatiya uch ochko jamg‘arib, o‘z guruhida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.













