Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

Arteta yangi shartnomadan so‘ng "Arsenal" muxlislariga murojaat qildi

Arteta yangi shartnomadan so‘ng "Arsenal" muxlislariga murojaat qildi

Baho:
+ | -

Mikel Arteta "Arsenal" bilan shartnomasini uzaytirdi. London klubi chorshanba kuni ispaniyalik mutaxassis bilan 2030 yil o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan yangi kelishuv imzolanganini e’lon qildi. Shundan so‘ng Arteta o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Kelajagimni klub bilan bog‘lash va "Arsenal" uchun faqat eng yaxshisini istaydigan ajoyib insonlar bilan ishlashda davom etish men uchun katta sharaf.

Bu klub betakror. Biz birgalikdagi yo‘limizni davom ettirishimizdan juda faxrlanaman. Biz allaqachon o‘ziga xos rishta va umrbod xotiramizda qoladigan xotiralarni yaratdik. Eng hayajonlisi esa — bu hali biz erishishimiz mumkin bo‘lgan narsalarning faqat boshlanishi.

Men Sten va Joshga ishonch va qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorman. Klubning 140 yillik tarixidagi bunday alohida davrda bu yerda ishlash men uchun katta sharaf.

Bu men va oilam uchun ulkan faxr tuyg‘usini beradigan lahza. Ajoyib muxlislarimizdan mehr va hurmatni his qilyapman va men ham ularga xuddi shunday munosabatdaman", — deya Artetaning so‘zlarini "Arsenal" rasmiy sayti keltirdi.

Ayni paytda "Arsenal" Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 16:45, 07.10.2026.
O'qildi: 534 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик