Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

Xolandning "Barselona"ga o‘tishi Alvares uchun "Arsenal"ga yo‘l ochishi mumkin

Xolandning "Barselona"ga o‘tishi Alvares uchun "Arsenal"ga yo‘l ochishi mumkin

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xolandning "Barselona"ga o‘tishi "Arsenal"ning Madrid "Atletiko"si futbolchisi Xulian Alvaresni xarid qilish imkoniyatini oshirishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, "Barselona" hamon argentinalik hujumchiga qiziqish bildirmoqda. Biroq kataloniyaliklarda boshqa variantlar ham paydo bo‘lgan, ular orasida Erling Xoland ham bor.

Xabar qilinishicha, "Manchester Siti" moliyaviy qoidalarni buzganlik bo‘yicha ayblovlar ortidan Xolandni yo‘qotishi mumkin. Agar norvegiyalik hujumchi "Barselona"ga o‘tsa, kataloniyaliklarning Alvaresni ham xarid qilish imkoniyati deyarli qolmaydi.

So‘nggi haftalarda Alvaresning vakillari futbolchining kelajagini batafsil muhokama qilgan. Jumladan, agar u "Atletiko"ni tark etishga qaror qilsa, uning yuqori maqsadlariga mos keladigan klublar soni cheklangani ham ko‘rib chiqilgan.

Shunday klublar qatoriga "Arsenal" ham kiradi. Londonliklar o‘tgan yozda ham argentinalik hujumchini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilgan edi.

Kiritildi: 23:00, 07.10.2026.
O'qildi: 933 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик