Fransiyaning "PSJ" klubi "Manchester Yunayted" himoyachisi Leni Yoroning vaziyatini kuzatib bormoqda. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Parij klubi kelajakda futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilishi mumkin. Ehtimoliy transfer summasi 60 million yevro atrofida bo‘lishi aytilmoqda.
Yoro "Manchester Yunayted" safida 2024 yil yozidan buyon to‘p surmoqda. 20 yoshli fransiyalik himoyachining mankunianliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.
Joriy Angliya Premyer-ligasi mavsumida Yoro ikkita uchrashuvda maydonga tushdi.
Besh turdan so‘ng "Manchester Yunayted" turnir jadvalida 12-o‘rinni egallab turibdi.













