Myunxenning «Bavariya» klubi tajribali darvozabon Manuel Noyerning ehtimoliy ketishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Germaniya grandi mavsum yakunida 40 yoshli posbon bilan xayrlashishi mumkinligi sababli uning o‘rniga munosib nomzod izlash ishlarini faollashtirgan.
Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, «Bavariya» rahbariyati ayni paytda to‘rt nafar darvozabonni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Myunxenliklarning transfer ro‘yxatidan Madridning «Atletiko» klubi posboni Xuan Musso, «Xoffenxaym» darvozaboni Oliver Baumann, «Fulxem» a’zosi Bernd Leno hamda «Nyukasl» vakili Nik Poup joy olgan.
Klub rahbariyati ushbu nomzodlar orasidan Noyerning o‘rnini egallay oladigan munosib darvozabonni tanlashni rejalashtirmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy mavsum 40 yoshli Manuel Noyerning professional faoliyatidagi so‘nggi mavsum bo‘lishi ehtimoli yuqori.
Tajribali posbon bu mavsumda «Bavariya» safida barcha musobaqalar doirasida beshta uchrashuv o‘tkazdi. Ushbu bahslarda o‘z darvozasidan ikkita to‘p olib chiqdi va uch marta darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Ma’lumot uchun, «Bavariya» Germaniya Bundesligasining dastlabki to‘rt turidan so‘ng 10 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.













