Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

«A Seriya yoki Chempionlar ligasi?» — Dimarko qaysi sovrinni tanlashini aytdi

«A Seriya yoki Chempionlar ligasi?» — Dimarko qaysi sovrinni tanlashini aytdi

Baho:
+ | -

Milanning «Inter» klubi himoyachisi Federiko Dimarko jamoasining joriy mavsumdagi maqsadlari, shaxsiy natijalari hamda jarohatidan keyingi holati haqida fikr bildirdi.

Italiyalik futbolchi A Seriya chempionligi va UYEFA Chempionlar ligasi g‘olibligi o‘rtasida tanlov qilishni istamasligini ta’kidladi. Uning asosiy maqsadi jamoa bilan yangi sovrinlarni qo‘lga kiritishdan iborat.

«Hozir men faqat bugungi kun, yangi maqsadlar va navbatdagi sovrinlar haqida o‘ylayapman.

Italiya chempionligi yoki Chempionlar ligasi g‘olibligimi? Men ulardan birini tanlashni istamayman», — deya Dimarkoning so‘zlarini keltiradi Goal nashri.

Shuningdek, «Inter» himoyachisi o‘tgan mavsumda golli uzatmalar bo‘yicha o‘rnatgan shaxsiy rekordi haqida ham to‘xtaldi.

Dimarkoning ta’kidlashicha, individual ko‘rsatkichlar birinchi navbatda jamoaviy o‘yin va futbolchilar o‘rtasidagi hamjihatlik natijasidir.

«Doim ta’kidlaganimdek, shaxsiy ko‘rsatkichlar jamoaning umumiy natijalariga bog‘liq.

Ko‘plab golli uzatmalarni amalga oshirish uchun ularni golga aylantira oladigan hujumchilar kerak.

Omadim bor ekan, jamoamizda to‘rt nafar kuchli hujumchi to‘p tepmoqda. Bu rekorddan juda xursandman», — dedi futbolchi.

Dimarko Italiya milliy terma jamoasining so‘nggi uchrashuvlarini o‘tkazib yuborishiga sabab bo‘lgan jarohati haqida ham ma’lumot berdi.

«Hozir o‘zimni yaxshi his qilyapman. Tizzamda kichik muammo bor edi, ammo tiklanish ustida ishladim va sog‘aydim.

Keyingi uchrashuvdan boshlab yanada ishonchliroq harakat qila olamanmi, buni ko‘ramiz», — dedi Dimarko.

Eslatib o‘tamiz, «Inter» 10 oktyabr kuni Italiya A Seriyasining 6-turi doirasida o‘z maydonida «Parma»ni qabul qiladi.

Kiritildi: 13:22, 08.10.2026.
O'qildi: 648 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик