Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Leandro Paredes milliy jamoadagi faoliyatini yakunlagan Lionel Messi bilan xayrlashdi.
«Barcha narsa uchun rahmat, kapitan.
Sen bilan birga biz erishgan barcha yutuqlarga erishish, sen bilan yonma-yon bu futbolka va mamlakatimiz sharafini himoya qilish men uchun orzu edi. Seni sog‘inaman, biz seni doimo sog‘inamiz.
Shu yillar davomida sening jangchilaringdan biri bo‘lish men uchun sharaf edi va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi! Seni yaxshi ko‘raman, do‘stim», — deb yozdi Paredes.













