Madridning «Real» klubi va Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Karim Benzema Portugaliya milliy jamoasi Krishtianu Ronaldusiz yanada jozibador futbol o‘ynaydi, degan fikrga munosabat bildirdi. Benzema «Real»da Ronaldu bilan birga to‘p surgan.
«Jiddiy aytyapsanmi? Portugaliya g‘alaba qozondi va ha, Krishtianu maydonni tark etganidan keyin ularning o‘yini yanada moslashuvchan ko‘rinishi mumkin. Ammo bu Ronalduning merosini yo‘qqa chiqarmaydi.
Birgina g‘alaba — va to‘satdan odamlar bu mamlakatni yillar davomida gollari, rekordlari va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqi bilan o‘z yelkasida olib kelgan futbolchini unutib qo‘yadi. Futbolda xotira juda qisqa», — deya Benzemaning so‘zlarini kickoff X ijtimoiy tarmog‘ida keltirdi.













