Bukmekerlar «Manchester Siti»dan joriy APL mavsumida ochko olib tashlanishi ehtimolini baholadi.
«Shaharliklar» APLning moliyaviy qoidalarini buzganlikda aybdor deb topilgan. Jamoaga qanday jazo berilishi hali aniq emas. U moliyaviy jarimadan tortib, sport sanksiyalarigacha, jumladan, boshqa ligaga tushirib yuborishni ham o‘z ichiga olishi mumkin.
So‘nggi ikki haftada «Manchester Siti»dan 2026/27 yilgi mavsumda ochko olib tashlanishi ehtimoliga berilgan koeffisiyent 3,50 dan (28%) 1,33 gacha (75%) tushdi.













