Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/10 19:00 Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
16/10 19:00 Qo‘qon-1912 2-4 Neftchi
16/10 19:00 Surxon 0-0 Xorazm
16/10 23:45 Frozinone 4-2 Sassuolo
17/10 00:00 Deportivo 1-1 Levante
17/10 18:00 Lokomotiv - Nasaf
17/10 19:00 Dinamo - Buxoro
17/10 19:00 Navbahor - Paxtakor

APLning top-5 klubi «Manchester Siti»ning ligadan chiqarilishini va transfer taqiqini talab qilmoqda

APLning top-5 klubi «Manchester Siti»ning ligadan chiqarilishini va transfer taqiqini talab qilmoqda

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasining top-5 klubi «Manchester Siti»ni ligadan chiqarish va «shaharliklar»ga transferlarni amalga oshirishni taqiqlashni istamoqda. Bu haqda FullTime Report X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Manchester Siti» egalari jamoaning APLdan tushirib yuborilishining oldini olish uchun barcha choralarni ko‘rmoqda. Biroq «shaharliklar» yuristlari oxir-oqibat klubni quyi divizionga tushirish jazosi kutayotganini taxmin qilmoqda.

Sentyabr oyi oxirida APLning mustaqil komissiyasi «Manchester Siti» 2009–2018 yillar oralig‘ida musobaqaning moliyaviy qoidalarini keng ko‘lamda buzgani bo‘yicha qo‘yilgan 115 ta ayblovdan 114 tasi bo‘yicha aybdor deb topilganini ma’lum qilgan edi.

Klubga nisbatan qo‘llanishi mumkin bo‘lgan sanksiyalar orasida sovrinlardan mahrum qilish, ochkolarni olib tashlash, transfer taqiqi yoki katta miqdorda jarima solish kabi choralar bo‘lishi mumkinligi xabar qilingan.

Kiritildi: 15:50, 08.10.2026.
O'qildi: 868 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик