«Napoli» yarim himoyachi Skott MakTominay jamoa bilan mashg‘ulotlarga qaytganini ma’lum qildi.
Futbolchi qo‘shimcha tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va tekshiruvlar uning musobaqalarda ishtirok etishga tayyor ekanini tasdiqladi. Avvalroq u individual tarzda mashg‘ulot o‘tkazayotgan edi.
Sentyabr oyida MakTominayga ablyasiya amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazilgan.
Shuningdek, Kevin De Bryuyne va Jovanni Di Lorenso ham terma jamoalar yig‘inidan «Napoli» ixtiyoriga qaytib kelishdi.













