Yengilmagan, yarim o‘rta vazn toifasida UFCda ishtirok etayotgan va Qozog‘iston sharafini himoya qilayotgan Shavkat Rahmonov 2027 yilda 27 yoshli ekvadorlik Maykl Morales bilan jang qilishni istashiga ishora qildi. Morales yarim o‘rta vazn toifasidagi UFC reytingida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.
«19-0 ga qarshi 19-0», — deb Rahmonov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida joylagan videolaridan biriga izoh qoldirdi. Har ikki jangchining ham professional MMAdagi rekordi 19-0 hisoblanadi.
Maykl Morales aralash yakkakurash bo‘yicha professional faoliyatini 2018 yilda boshlagan. Ekvadorlik jangchining hisobida 19 ta g‘alaba bor, ularning 14 tasiga nokaut orqali erishgan. U hali biror marta mag‘lub bo‘lmagan.
31 yoshli Shavkat Rahmonov professional MMAdagi debyutini 2014 yil oktyabr oyida o‘tkazgan. «Nomad»ning rekordida 19 ta g‘alaba bor, ularning 18 tasida jang muddatidan oldin yakunlangan. Qozog‘istonlik jangchi faoliyati davomida hali mag‘lubiyatga uchramagan.
Shavkat Rahmonov avval yarim o‘rta vaznda M-1 Global chempioni bo‘lgan va chempionlik kamarini bir marta muvaffaqiyatli himoya qilgan.
2026 yil fevral oyida Qozog‘iston vakili faolsizligi sabab UFCning rasmiy reytingidan chiqarilgan edi.













