Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 18:45 As-Siyb 0-3 Al-Hussayn
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:00 Ist Bengal 2-3 Ash-Shorta
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya
14/10 12:45 Melburn Viktori - Seul
14/10 15:00 Kashiva Reysol - Port
14/10 15:00 Vissel Kobe - Chonbuk Motors
14/10 17:15 Persib - Kong-Vittel
14/10 18:45 Nasaf - Al-Vahda
14/10 21:00 Al-Jaziyra - Arkadag'
14/10 21:00 Kuvayt SK - Xolidiya
14/10 21:00 Al-Muharraq - Gol Gohar
14/10 21:00 At-Ta'vun - Ar-Rayyan
14/10 21:00 Al-Faysaliy - An-Nahda

«Sovrinlarimni tortib olishmasin». Akanji «Manchester Siti» mojarosi haqida gapirdi

«Sovrinlarimni tortib olishmasin». Akanji «Manchester Siti» mojarosi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Milanning «Inter» klubi himoyachisi Manuel Akanji sobiq jamoasi «Manchester Siti» atrofida davom etayotgan moliyaviy qoidabuzarliklar bilan bog‘liq ish yuzasidan o‘z fikrini bildirdi.

2022–2025 yillarda Manchester klubi sharafini himoya qilgan shveysariyalik futbolchi mazkur jarayon haqida batafsil ma’lumotga ega emasligini, biroq klub rahbariyatiga ishonishini ta’kidladi.

«Men hali ham ayrim futbolchilar bilan aloqadaman. Lekin bu ish haqida sizlardan ko‘proq ma’lumotga ega emasman.

O‘sha paytda bizga xotirjam bo‘lishimiz, klub vaziyatni to‘liq nazorat qilayotgani va hech qanday jiddiy muammo yuzaga kelmagani aytilgandi.

Men «Manchester Siti» rahbariyatiga ishonaman va vaziyat haqiqatan ham ular aytganidek ekaniga umid qilaman.

Sovrinlarimdan mahrum etishmasa, yaxshi bo‘lardi. Aks holda, bu men uchun biroz alamli bo‘ladi.

Ammo men ham bu ish bilan bog‘liq barcha yangiliklarni faqat ommaviy axborot vositalari orqali bilib boryapman», — dedi Akanji.

«Sovrinlarimdan mahrum bo‘lishni istamayman»

Suhbat davomida jurnalistlar Akanji qo‘lga kiritgan sovrinlar qayta ko‘rib chiqilishi kutilmayotganini ta’kidlashdi.

Chunki «Manchester Siti»ga nisbatan olib borilayotgan ish asosan 2009–2018 yillar oralig‘idagi moliyaviy faoliyatga taalluqli.

Manuel Akandji esa Manchester klubiga faqat 2022 yilda kelib qo‘shilgan. Shu sababli uning jamoa bilan erishgan yutuqlari mazkur davrga to‘g‘ri kelmaydi.

Biroq shveysariyalik himoyachi kelgusida yana qanday ma’lumotlar oshkor bo‘lishini oldindan aytish qiyinligini bildirdi.

«Yana nimalarni topishlarini kim biladi? Axir sizlar koronavirus bilan bog‘liq voqealardan ham haligacha nimadir izlayapsizlar. Vaholanki, bu voqealarga besh yil bo‘ldi», — deya javob qaytardi Akanji.

Shu tariqa, «Inter» himoyachisi «Manchester Siti» rahbariyatiga ishonishini bildirish bilan birga, tergov jarayonining ehtimoliy oqibatlari borasidagi noaniqliklarga ham e’tibor qaratdi.

Kiritildi: 17:37, 08.10.2026.
O'qildi: 1014 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик