Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares o‘tgan transfer oynasidagi voqealardan so‘ng o‘z agentini almashtirishga qaror qildi.
Argentinalik futbolchi yozda o‘z kelajagi bilan bog‘liq masalalar qanday hal etilganidan norozi bo‘lgan. Jurnalist Ruben Uriyaning xabar berishicha, 26 yoshli hujumchi Fernando Idalgo bilan hamkorlikni to‘xtatgan. Alvares o‘z vakilining ishidan ko‘ngli qolib, uning xizmatlaridan voz kechgan.
Kutilishicha, yaqin vaqt ichida futbolchining yangi agenti paydo bo‘ladi.
Yozda Alvares uni o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy uringan «Barselona»ga o‘tishni istagan. Kataloniya klubi argentinalik futbolchi uchun 100 million yevro to‘lashga tayyor edi, biroq «Atletiko» hujumchini qo‘yib yuborishdan bosh tortdi.













