Lionel Messining Argentina terma jamoasi bilan xayrlashuv o‘yinidan yana bir qiziqarli tafsilot paydo bo‘ldi. The Touchline nashrining xabar berishicha, hakam Fernando Vexar o‘yin oxirida Messiga yaqinlashib, final hushtagini chalishi mumkinmi, deb so‘ragan. Leo ruxsat bergan va shundan keyingina Vexar o‘yinni tugatgan.
Avvalroq, internetda hakam Fernando Vexarning o‘yindan keyin Lionel Messiga sariq va qizil kartochka bergani aks etgan video paydo bo‘lgan edi.
Xayrlashuv o‘yinida Messi gol urdi va ikkita golli uzatma berdi. Argentina Beninni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
Endi Lionel Messi "Inter Maami" safidagi o‘yinlariga e’tibor qaratadi.













