Germaniyaning «RB Leypsig» klubi mavsumni muvaffaqiyatsiz boshlaganidan so‘ng bosh murabbiy Martin Demikelisning kelajagi yuzasidan dastlabki muhokamalarni boshladi.
Bu haqda Sky Sport xabar bermoqda.
Jamoa mavsumning dastlabki oltita rasmiy uchrashuvida «Trir»ni 6:0, Myonxengladbaxning «Borussiya» klubini 3:0 va «Gamburg»ni 5:0 hisobida mag‘lub etdi.
Biroq «Verder»ga 1:3, «Komo»ga 1:4 va «Bayer»ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Ayni paytda «RB Leypsig» Bundesliga turnir jadvalida to‘qqizinchi o‘rinni egallab turibdi.
Klub rahbariyati hozircha 45 yoshli Martin Demikelisga ishonch bildirishda davom etmoqda. Shunga qaramay, uning kelajagi borasida dastlabki muhokamalar boshlangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, «RB Leypsig» rahbariyati hozirda ishsiz bo‘lgan Yulian Nagelsmannni bosh murabbiylik lavozimiga qaytarish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
39 yoshli mutaxassis avval ham «RB Leypsig»ni boshqargan. Uning qo‘l ostida jamoa UYEFA Chempionlar ligasining yarim finaliga qadar yetib borgan va Bundesligada kumush medallarni qo‘lga kiritgan.
Nagelsmann boshqaruvi davrida «RB Leypsig» har bir uchrashuvda o‘rtacha 1,94 ochko jamg‘argan.













