Madridning «Real» klubi sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi nomini e’lon qildi. Ushbu e’tirofga turkiyalik yarim himoyachi Arda Gyuler sazovor bo‘ldi.
Gyuler o‘tgan oy davomida «Real» safida Ispaniya La Ligasining to‘rtta uchrashuvida ishtirok etib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Turkiyalik futbolchi mukofotni qo‘lga kiritganidan so‘ng o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
«O‘zimni jamoaning juda muhim futbolchisi deb his qilyapman. Ushbu mukofotni olganimdan juda xursandman va faxrlanaman.
Barchaga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Umid qilamanki, bu yil sovrinlarni qo‘lga kirita olamiz va men ham bunga o‘z hissamni qo‘shaman.
Biz oldimizda turgan barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozonish uchun ishlayapmiz», — dedi Gyuler.
Ispaniya La Ligasining yettita turidan so‘ng «Real» 15 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.
Madridliklarning peshqadamdan ortda qolishi olti ochkoga yetgan.













