Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo
10/10 00:00 Malaga - Espanyol
10/10 16:30 Arsenal - Lids
10/10 17:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
10/10 18:00 Qizilqum - Surxon
10/10 19:00 Aston Villa - Brentford
10/10 19:00 Chelsi - Bornmut
10/10 19:00 Ipsvich - Fulhem
10/10 19:00 Sanderlend - Brayton
10/10 19:15 Alaves - Atletiko
10/10 21:30 Man. Yunayted - Tottenhem
10/10 21:30 Barselona - Xetafe
11/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal

Argentina prokuraturasi Maradona o‘limi ishi bo‘yicha shifokorlar uchun 12 yilgacha qamoq jazosini so‘radi

Argentina prokuraturasi Maradona o‘limi ishi bo‘yicha shifokorlar uchun 12 yilgacha qamoq jazosini so‘radi

Baho:
+ | -

Argentina prokuraturasi afsonaviy futbolchi Diyego Maradona vafotidan oldin uni parvarish qilgan tibbiyot xodimlarini 12 yilgacha ozodlikdan mahrum etishni talab qildi. Ayblov tomoni tibbiy jamoa tartibsiz ishlagani va bemorga zarur darajada yordam ko‘rsatmaganini ta’kidlamoqda, deb xabar berdi Al Jazeera.

Maradona 2020 yil 25 noyabr kuni bosh miyasidagi qon laxtasini olib tashlash operasiyasidan keyin tiklanayotgan paytida vafot etgan. Uning o‘limi bilan bog‘liq ish doirasida yetti nafar tibbiyot mutaxassisi 2026 yil aprel oyidan beri sudlanmoqda. Ular orasida futbolchining shaxsiy shifokori Leopoldo Lukke, psixiatr, psixolog, hamshiralar va tibbiy yordamni muvofiqlashtiruvchi mutaxassislar bor. Ular tibbiy yordam ko‘rsatishda jiddiy qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yganlikda ayblanmoqda. Barcha ayblanuvchilar o‘z aybini inkor etmoqda.

Yakuniy nutqida prokuror Patrisio Ferrari tibbiy jamoa ishining «tartibsiz tashkil etilgani» Maradonaga yordamsiz holda qolishiga sabab bo‘lganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, bemor amalda o‘z holiga tashlab qo‘yilgan.

Ayblov tomoni tibbiyot xodimlari o‘z vazifalarini bajarmagani va zarur choralarni ko‘rmaganini bildirmoqda.

Prokuratura eng og‘ir jazo — 12 yillik qamoq muddatini Maradonasning shaxsiy shifokori Leopoldo Lukke uchun so‘radi. Qolgan tibbiyot xodimlari uchun esa to‘rt yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi talab qilindi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 06:44, 09.10.2026.
O'qildi: 1128 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик