Kamerun milliy terma jamoasining sobiq hujumchisi Jan Manga-Ongene 81 yoshida vafot etdi.
Bu haqda mamlakat futbol federasiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Sobiq futbolchining o‘limiga nima sabab bo‘lgani ma’lum qilinmagan.
Manga-Ongene butun futbolchilik faoliyatini "Kanon Yaunde" klubida o‘tkazgan.
U jamoa bilan birgalikda Kamerun chempionati va mamlakat kubogida olti martadan g‘olib chiqqan, shuningdek, uch marta Afrika Chempionlar ligasi sovrinini qo‘lga kiritgan.
Hujumchi Kamerun milliy terma jamoasi safida 1972 yilgi Afrika millatlar kubogining bronza medaliga sazovor bo‘lgan.
1980 yilda esa Jan Manga-Ongene Afrikaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.













