The Telegraph nashri ma’lumotiga ko‘ra, "Aston Villa" vingeri Alexandro Garnacho mavsumni omadsiz boshlaganidan keyin vaziyatni o‘nglash maqsadida xalqaro tanaffusdan individual tayyorgarlik uchun foydalandi.
Manbaga ko‘ra, bosh murabbiy Unai Emeri va uning shtabi argentinalik futbolchini jamoa talablariga moslashtirish maqsadida u bilan bir qator shaxsiy uchrashuvlar o‘tkazgan. Shuningdek, Garnacho uchun alohida taktik mashg‘ulotlar tashkil qilingan.
Futbolchi individual jismoniy tayyorgarlik dasturi asosida ham ish olib bordi. Shu bilan birga, u "Sautgempton" va "Sevilya"ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Garnacho mavsumni kutilganidek boshlay olmagan va endi "Aston Villa" tarkibida o‘z o‘rnini mustahkamlash uchun harakat qilmoqda.













