Londonning «Arsenal» klubi qanot hujumchisi Noni Madueke Yevropa jamoalari e’tiborida bo‘lib turibdi.
Jurnalist Mark Brusning xabar berishicha, 24 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga oltita klub qiziqish bildirmoqda.
Ular orasida Turinning «Yuventus» va Madridning «Atletiko» klublari ham bor.
Biroq manba ta’kidlashicha, «Arsenal» ayni paytda Madueke bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti.
Angliyalik futbolchi joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida beshta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan.
Maduekening «Arsenal» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali mutaxassislari futbolchining transfer bozoridagi qiymatini 45 million yevroga baholamoqda.













