«Monako» yarim himoyachisi Lamin Kamara qishki transferlar davrida Angliya chempionatiga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Jurnalist Ben Jeykobsning xabar berishicha, yozda Kamaraning «Chelsi»ga 55 million yevro evaziga o‘tishi amalga oshmaganidan so‘ng, «Monako» futbolchining narxini 70 million yevroga oshirgan.
Ta’kidlanishicha, londonliklar yangi narxda senegallik futbolchini sotib olishga yana urinib ko‘rishi ehtimoli past. Biroq «Chelsi»ni da’vogarlar safidan butunlay chiqarib tashlab bo‘lmaydi. Chunki Kamara jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonsoga shaxsan yoqadi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda 22 yoshli yarim himoyachini qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogar «Liverpul» hisoblanmoqda.
Mersisaydliklar maydon markazini kuchaytirishni istamoqda. Shu bilan birga, klub «Bornmut» futbolchisi Aleks Skott va «Roma» yarim himoyachisi Manu Kone nomzodlarini ham ko‘rib chiqmoqda.
Lamin Kamara joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida yettita uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urgan va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.













