«Ipsvich» klubining sobiq bosh murabbiyi Kiran Makkenna UEFAda texnik kuzatuvchi sifatida ish boshladi.
Bu haqda talkSPORT nashri xabar bermoqda.
40 yoshli mutaxassis iyun oyida oilasiga ko‘proq vaqt ajratish maqsadida besh yillik faoliyatidan so‘ng «Ipsvich»ni tark etgan edi.
Avvalroq Makkennaning «Fulxem» bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan. Biroq u murabbiylik faoliyatida tanaffus qilishga qaror qilgan.
Yangi lavozimida Makkenna UEFA Chempionlar ligasi uchrashuvlarini tahlil qiladi, o‘yinlarning eng yaxshi futbolchilarini tanlaydi hamda murabbiylar uchun taktik va strategik xulosalardan iborat hisobotlar tayyorlaydi.
Shuningdek, u boshqa texnik kuzatuvchilar bilan birgalikda mavsumning eng yaxshi jamoasi, futbolchisi va golini aniqlash jarayonida ham ishtirok etadi.
Kiran Makkenna yangi vazifasida kuzatadigan ilk uchrashuv kelasi chorshanba kuni Doneskning «Shaxtyor» va Afinaning AEK jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
Mazkur bahs Londondagi «Stemford Brij» stadionida o‘tkaziladi.
Makkenna The Guardian nashriga bergan intervyusida yangi ishi unga futbolni o‘rganishda davom etish va kelajakda murabbiylik faoliyatiga qaytish ehtimoli oldidan o‘z ustida ishlash imkonini berishini ta’kidladi.













