Italiya milliy terma jamoasining sobiq hujumchisi Kristian Vyeri «Inter» forvardi Franchesko Espozitoning o‘yini haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Vyeri 21 yoshli futbolchi kelajakda Italiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylanishi mumkinligini ta’kidladi.
«U 21 yoshidayoq Italiya terma jamoasi libosida yettita gol urdi. Bu libos esa juda katta ahamiyatga ega.
Bu shuni anglatadiki, u yetti-sakkiz yil ichida Luiji Rivaning rekordini yangilab, Italiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylanadi.
Shuningdek, bu uning ikki-uch yildan keyin bir mavsumda 20 tadan gol ura boshlashini ham anglatadi», — dedi Vyeri.
21 yoshli Franchesko Espozito Italiya milliy terma jamoasi safida hozirgacha 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, yettita gol urgan va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.
Taqqoslash uchun, Italiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar Luiji Riva mamlakat bosh jamoasi safida 42 ta uchrashuvda ishtirok etib, 35 ta gol muallifi bo‘lgan.













