«Barselona»ning ispaniyalik yarim himoyachilari Pedri va Rodri Ernandes «Xetafe»ga qarshi bo‘ladigan navbatdagi uchrashuvni zaxira o‘rindig‘ida boshlashi mumkin.
Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, har ikki futbolchi milliy terma jamoa safidagi o‘yinlardan so‘ng, shuningdek, Chempionlar ligasi bahslari oldidan dam olish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin.
Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Gavi va Mark Bernalni asosiy tarkibda maydonga tushirish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Shu bilan birga, Lamin Yamal uchrashuvni dastlabki daqiqalardan boshlashi kutilmoqda. Biroq unga ham dam berilishi ehtimoli mavjud.
Rafinyaning mazkur o‘yinda ishtirok etishi hozircha so‘roq ostida.
Pleymeyker pozisiyasida esa Fermin Lopes emas, balki Dani Olmoning maydonga tushishi ehtimoli yuqori baholanmoqda.
Ispaniya La Ligasining sakkizinchi turidan o‘rin olgan «Barselona» va «Xetafe» o‘rtasidagi uchrashuv 10 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Bahs O‘zbekiston vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi.













