Angliya milliy terma jamoasi hujumchisi Garri Keyn «Bavariya» bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi. Xabarlarga ko‘ra, Myunxen klubi va futbolchi yangi kelishuv bo‘yicha o‘zaro murosaga erishish arafasida.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 33 yoshli hujumchi yangi shartnoma bo‘yicha ham yiliga soliqlar ushlab qolinmasdan avval taxminan 25 million yevro maosh olishda davom etadi. Bu uning hozirgi ish haqida jiddiy o‘zgarish bo‘lmasligini anglatadi.
Rejalashtirilayotgan yangi kelishuv 2029 yilgacha mo‘ljallangan. Keynning amaldagi shartnomasi esa 2027 yilda o‘z yakuniga yetadi.
«Bavariya» va futbolchi o‘rtasidagi muzokaralarda allaqachon sezilarli natijaga erishilgan. Xabar qilinishicha, tomonlar kelishib olishi kerak bo‘lgan atigi bir nechta masala qolgan.
Yaqinda Karl-Xayns Rummenigge Keyn Myunxenda uzoq muddat qolishni xohlayotganini ta’kidlagan edi.
So‘nggi ma’lumotlar ham Angliya terma jamoasi sardorining faoliyatini «Bavariya»da davom ettirish ehtimoli tobora ortib borayotganini ko‘rsatmoqda.
Agar shartnoma uzaytirilsa, Yevropaning eng sermahsul hujumchilaridan biri yana bir necha mavsum Germaniya chempioni sharafini himoya qilishda davom etadi.













