Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo Ispaniya La Ligasi doirasida «Vilyarreal»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv haqida fikr bildirdi.
«Vilyarreal» — murakkab raqib. O‘yin oldidan to‘liq tarkib bilan atigi ikkita mashg‘ulot o‘tkazdik.
Tayyorgarlik oson kechmadi, chunki ixtiyorimizda bor-yo‘g‘i besh nafar futbolchi qolgan edi.
Biroq so‘nggi uchrashuvdagi mag‘lubiyatdan keyin biz ochko to‘plashimiz kerak», — dedi Mourinyo matbuot anjumanida.
Ispaniya La Ligasining sakkizinchi turi oldidan «Real» 15 ochko bilan turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.
«Real» va «Vilyarreal» o‘rtasidagi uchrashuv 10 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Bahs O‘zbekiston vaqti bilan 11 oktyabr kuni soat 00:00 da boshlanadi.













