Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/10 19:00 Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
16/10 19:00 Qo‘qon-1912 2-4 Neftchi
16/10 19:00 Surxon 0-0 Xorazm
16/10 23:45 Frozinone 4-2 Sassuolo
17/10 00:00 Deportivo 1-1 Levante
17/10 18:00 Lokomotiv - Nasaf
17/10 19:00 Dinamo - Buxoro
17/10 19:00 Navbahor - Paxtakor

Flik de Yongning «Barselona» safiga qachon qaytishini ma’lum qildi

Flik de Yongning «Barselona» safiga qachon qaytishini ma’lum qildi

Baho:
+1 | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Ispaniya La Ligasi doirasida «Xetafe»ga qarshi uchrashuv oldidan yarim himoyachi Frenki de Yongning jarohatdan keyin jamoa safiga qachon qaytishi mumkinligi haqida ma’lumot berdi.

Germaniyalik mutaxassis niderlandiyalik futbolchining 17 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan «Real Betis»ga qarshi o‘yinda qaydnomaga kiritilishi mumkinligini ta’kidladi.

«Rejamizga ko‘ra, ehtimol, «Betis»ga qarshi uchrashuv uning ilk bor qaydnomaga kiritiladigan o‘yini bo‘lar.

Yaxshi xabarlar bor: u hozir og‘riq sezmayapti. Biroq hali kutishimiz kerak», — dedi Flik.

Frenki de Yong so‘nggi bir necha kundan buyon jamoa bilan birgalikda mashg‘ulot o‘tkazmoqda.

Niderlandiyalik yarim himoyachi 2026 yilgi jahon chempionatidan buyon uni maydondan chetda qoldirgan tizza jarohatidan tiklanishning yakuniy bosqichiga yaqinlashmoqda.

Shuningdek, Flik Andreas Kristensenning uzoq muddatli jarohati sabab de Yong zarurat tug‘ilganda markaziy himoyada ham o‘ynashi mumkinligini bildirdi.

Kiritildi: 17:12, 09.10.2026.
O'qildi: 1294 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик