Fransiyaning «PSJ» klubi Liga 1 doirasida «Le-Man»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan ertangi uchrashuv oldidan darvozabon Alessandro Longoni va yarim himoyachi Senni Mayuluning sog‘lig‘i haqida rasmiy ma’lumot berdi.
Mayulu Fransiya U-21 terma jamoasi ixtiyorida bo‘lgan vaqtida chap sonidan jarohat olgan. Xabarlarga ko‘ra, futbolchi taxminan bir oy davomida maydonga tusha olmasligi mumkin.
Longoni esa o‘tgan oydan buyon mushak jarohati sabab safdan chetda qolmoqda.
«Alessandro Longoni zalda yakka tartibda mashg‘ulot o‘tkazmoqda. Senni Mayulu esa kelgusi bir necha kun davomida davolanishni davom ettiradi», — deyiladi «PSJ»ning tibbiy hisobotida.
Shuningdek, bosh murabbiy Luis Enrike matbuot anjumani davomida Uorren Zair-Emeri va Ashraf Hakimining jismoniy holati haqida ham ma’lumot berishi kutilmoqda.
Har ikki futbolchi milliy terma jamoalar o‘yinlari munosabati bilan yuzaga kelgan tanaffus davomida jarohat olgan.













