Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/10 19:00 Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
16/10 19:00 Qo‘qon-1912 2-4 Neftchi
16/10 19:00 Surxon 0-0 Xorazm
16/10 23:45 Frozinone 4-2 Sassuolo
17/10 00:00 Deportivo 1-1 Levante
17/10 18:00 Lokomotiv - Nasaf
17/10 19:00 Dinamo - Buxoro
17/10 19:00 Navbahor - Paxtakor

Mourinyo: «Agar Mbappeni hushtakbozlik bilan kutib olishsa, bu jurnalistlarning g‘alabasi bo‘ladi»

Mourinyo: «Agar Mbappeni hushtakbozlik bilan kutib olishsa, bu jurnalistlarning g‘alabasi bo‘ladi»

Baho:
+ | -

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo Kilian Mbappening terma jamoalar o‘yinlari uchun tanaffus paytidagi xatti-harakatlari sabab muxlislar tomonidan hushtakbozlikka uchrashi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.

«Agar bu sodir bo‘lsa, bu sizlarning — jurnalistlarning g‘alabangiz bo‘ladi. Hech kimni alohida ayblamoqchi emasman.

Rostini aytsam, so‘nggi haftalarda futbol olamida shov-shuvli voqealar shundoq ham yetarlicha bo‘ldi, deb o‘ylagandim. Ammo, shekilli, bu sizlarga kamlik qilyapti.

«Manchester Siti» bilan bog‘liq vaziyatdek yirik voqealar ham, mening mamlakatimda Krishtianu Ronaldu va uning murabbiyi atrofidagi murakkab holat ham sizlarga yetarli bo‘lmadi.

Ishingiz uchun material bo‘la oladigan shuncha voqea yuz berdi, lekin bu ham kamlik qildi. «Real» — bu «Real». Bu yerda doimo nimadir sodir bo‘ladi.

Kilian haqidagi savol birinchi bo‘lishini kutgandim. Uning atrofidagi butun boshli shov-shuv menga mutlaqo bema’nilikdek ko‘rinadi», — dedi Joze Mourinyo.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 19:00, 09.10.2026.
O'qildi: 1200 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик